Xalqaro qidiruvdagi sobiq vazir o‘rinbosari, gaz bozoridagi TOP-20 va Namangan tibbiyotidagi 300 mln so‘mlik firib — 17-aprel dayjesti
Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Eng yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar: TOP-20 ichida O‘zbekiston ham bor
AQSH 2024-yilda global tabiiy gaz ta’minotining qariyb chorak qismini ta’minlab, dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi. Mamlakat 37 751 mlrd kub fut gaz ishlab chiqarib, Rossiyadan 1,6 baravar ko‘p natija qayd etdi. Umuman, gaz ishlab chiqarish bir nechta yirik davlatlar qo‘lida jamlangan bo‘lib, Kanada va Qatar kabi davlatlar keyingi o‘rinlarni egallaydi. Yaqin Sharqdagi keskinlik va ta’minot xavflari fonida bozorlar AQSH kabi barqaror ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq tayana boshladi.
O‘zbekiston 2024-yilda 44,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib oldi, bu 2023-yilga nisbatan 4,5 foizga kam. So‘nggi yillarda ishlab chiqarish hajmi pasayish trendiga o‘tgan bo‘lib, 2025-yilda 41,7 mlrd kub metrni tashkil etgan va 2026-yil uchun 40,2 mlrd kub metr rejalashtirilgan. Keyingi yillarda hajmni bosqichma-bosqich oshirish rejasi mavjud, biroq 2030-yilgacha belgilangan dastlabki 62 mlrd kub metrlik ko‘rsatkich keyinchalik qariyb 13,5 mlrd kub metrga kamaytirilgan.
«O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi
«O‘zmetkombinat» AJ boshqaruvining sobiq raisi Dilshod Tursunqulovich Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda «Interpol» ma’lum qildi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha ayblanmoqda. Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tergov organlari tomonidan kompleks tekshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ahmedov 2024 yil oktabrda «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» rahbari etib tayinlangan. U avval 2021 yildan boshlab boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari, 2024 yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda «O‘zmetkombinat»ga 2025 yil avgustda tayinlangan tadbirkor Bahodir Abdullayev rahbarlik qilmoqda.
Davlat xizmatchilarining tadbirkorlar ishiga noqonuniy aralashuvi cheklanadi — Prezident farmoni
O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari «Humans» kompaniyasi asoschisi Vladimir Dobrininni Interpol orqali xalqaro qidiruvga berdi va u «Red Notice» ro‘yxatiga kiritildi. Unga nisbatan qimor o‘yinlarini tashkil etish va noqonuniy daromadlarni legallashtirish ayblovlari qo‘yilgan. Shu bilan birga, tadbirkor Ravshan «Zolotoy» nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinov ham bir nechta jinoyat moddalari bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan.
«Humans» 2020 yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan bo‘lsa-da, 2024 yildan muammolarga duch keldi: Markaziy bank «Maroqand» («Upay») to‘lov tashkiloti faoliyatini chekladi, ilovadagi mablag‘lar muzlatildi va kompaniya 200 mlrd so‘mga yaqin zarar bilan yilni yakunladi. Kompaniya davlat organlariga qarshi xalqaro arbitrajga murojaat qilgan, biroq «O‘zbektelekom» oldida 520 mlrd so‘m qarzdorlik, banklar bilan sud ishlari va qarzlar sabab oktabrda bankrot deb topildi.
«Humans» rahbari ham xalqaro qidiruvga berildi
«Humans» kompaniyasi asoschisi Vladimir Dobrinin O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi va «Red Notice» ro‘yxatiga kiritildi. Unga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda noqonuniy daromadlarni legallashtirish ayblovlari qo‘yilgan. 52 yoshli Dobrinin Avstriyada tug‘ilgan bo‘lib, Rossiya fuqarosi hisoblanadi.
«Humans» 2020 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib, keyinchalik jiddiy muammolarga duch keldi: 2024 yil oktabrda Markaziy bank «Maroqand» («Upay») to‘lov tashkiloti faoliyatini 6 oyga chekladi, ilovadagi mablag‘lar muzlatildi va kompaniya 200 mlrd so‘mga yaqin zarar ko‘rdi. Kompaniya «O‘zbektelekom»dan 520 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib, banklar bilan sud ishlari ortidan oktabrda bankrot deb topildi; shuningdek, «Octobank», «Asia Alliance Bank» va «Yandeks» oldida ham qarzdorliklari mavjud.
Namangandagi tibbiyot muassasalarida 300 mln so‘m asossiz undirilgani fosh etildi
Namangan viloyatidagi bir qator tuman tibbiyot muassasalarida fuqarolardan qariyb 300 mln so‘m asossiz mablag‘ undirilgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi tekshiruvlari To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida o‘tkazilib, tibbiy uskunalar metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagan holda ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, amalda ishlatilmagan tibbiy materiallar uchun ham aholidan haq olingani qayd etildi. Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tibbiyot muassasalariga asossiz undirilgan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi va jarayon nazoratga olindi.





