«Anorbank» 10 trln so‘mlik yangi sho‘ba korxona tashkil qildi
Yangi sho‘ba korxona — «Anor Tech» bankning affillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritilgan.

«Anorbank» «Anor Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etdi va uni affillangan shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, «Anor Tech» korxonasi 2026-yilning 14- aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Korxonaning ustav fondi 10 milliard so‘mni tashkil etadi.
Korxona rahbari sifatida Gimadiyev Sergey Abdulxayevich ko‘rsatilgan. Ma’lumot uchun, S. Gimadiyev bank tizimidagi tajribali menejerlardan biri hisoblanadi. U 2026-yil boshidan buyon «Anorbank» Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bunga qadar esa «Apex Bank» boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
CAFA'ga a’zolik
Hozirda «Anor Tech» Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan. Joriy yil boshida bank «Central Asian Fintech Association» (CAFA)ga a’zo sifatida qo‘shilishini e’lon qilgandi.
CAFA va ANORBANK quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda:
• fintex innovatsiyalari va raqamli bankingni rivojlantirish;
• regulyatorlar bilan muloqot va raqamli iqtisodiyot sohasidagi tashabbuslar;
• qo‘shma pilot loyihalar va ekspert platformalari;
• Markaziy Osiyoda raqobatbardosh, shaffof va barqaror moliyaviy ekotizimni mustahkamlash.





