O‘zbekistonda hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun 16:352 daqiqa

Mamlakatda hafta o‘rtasida kelib yomg‘irli ob-havo kuzatilib, havo harorati pasayadi.

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda © smartik.ru

O‘zgidromet 20-24-aprel kunlari O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +24...+29 daraja atrofida bo‘ladi.

21-23-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. Harorat 21-aprelda kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi, 22-23-aprelda asta-sekin +18...+23 darajagacha pasayadi.

20-22-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

24-aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida dushanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati +25...+28 daraja atrofida bo‘ladi.

22-23-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22-aprelda +24...+26 daraja, 23-aprelda +20...+22 daraja bo‘ladi.

24-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +25...+27 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi, 21-22-aprelda sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid