Boku shahrida restavratsiya qilingan «Buxoro karvonsaroyi» qayta ochildi

Bugun 15:252 daqiqa

Boku shahrida XV asrga mansub «Buxoro karvonsaroyi» restavratsiyadan so‘ng, majmua zamonaviy ijod maskaniga aylantirilib va 18 xonada turli san’at darslari o‘tkaziladi.

Boku shahrida restavratsiya qilingan «Buxoro karvonsaroyi» qayta ochildi

Boku shahridagi davlat ahamiyatli tarixiy yodgorlik — «Buxoro karvonsaroyi» qariyb 3,5 yil davomida kapital restavratsiyadan o‘tdi. Bu ishlar Ozarbayjon prezidenti topshirig‘i va «Icheri-sheher» davlat tarixiy-me’moriy qo‘riqxonasi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Restavratsiya ishlari Avstriyaning «Atelier Erich Pummer GmbH» kompaniyasi tomonidan bajarildi.

Tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti yordamchisi va Haydar Aliyev fondi ijrochi direktori Anar Alekperov, madaniyat vaziri o‘rinbosari Saodat Yusufova, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxon ov, «Icheri-sheher» qo‘riqxonasi boshqaruvi raisi Rufat Mahmud hamda madaniyat va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

boku

Marosimdagi ma’ruzalarda restavratsiya ishlari tarixiy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, «Buxoro karvonsaroyi» O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik savdo va madaniy aloqalar ramzi sifatida ta’riflandi.

Yangi konsepsiya asosida majmua zamonaviy ijod maskaniga aylantirildi. Karvonsaroydagi 18 ta xona turli yo‘nalishlardagi ustalar uchun ajratilgan bo‘lib, bu yerda toquvchilik, haykalto‘rshilik, kulolchilik, miniatyura, yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik va boshqa san’at turlari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.

Bu imkoniyat tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq amaliy san’ati an’analari bilan yaqindan tanishish va o‘rganish imkonini beradi. Restavratsiya orqali tarixiy yodgorlik nafaqat saqlanib qolmoqda, balki zamonaviy ijodiy faoliyat uchun ham moslashtirildi.

Teglar

Mavzuga oid