add

«Bu juda g‘alati bayonot» — AQSH vitse-prezidenti Medvedevga javob berdi

23.06.2025 | 08:309654

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Dmitriy Medvedevning Eron yadroviy dasturiga oid fikrlarini «g‘alati» deb atadi. Unga ko‘ra, Rossiya, Xitoy va AQSHning yakdil pozitsiyasi — Yaqin Sharqda yadroviy qurollanishning oldini olishdir.

«Bu juda g‘alati bayonot» — AQSH vitse-prezidenti Medvedevga javob berdi
22 iyun kuni AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonotiga munosabat bildirdi. Vens Medvedev tomonidan aytilgan «Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishi muqarrar», degan fikrni tanqid qildi va «juda g‘alati» deb baholadi.
«Avvalo, menimcha, bu juda g‘alati javob. Shu bilan birga, bu odam Putin yo Rossiya hukumati nomidan gapirmoqdami yoki yo‘q, bilmayman», — dedi Vens.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda Rossiya bilan o‘tkazilgan muloqotlarda rasmiy Moskva Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishini istamasligida qat’iy turayotganini bildirgan. Vens ta’kidlashicha, yadroviy qurollar bo‘yicha AQSH, Rossiya va Xitoy o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, Yaqin Sharqda yadroviy qurollar tarqalishiga qarshi umumiy pozitsiya saqlanib qolgan. «Bu kamdan-kam holatlardan biri, bu borada barcha yakdil», — dedi u. Medvedev o‘z postida AQSHning Eronga qilgan hujumlari ortidan ko‘plab davlatlar Tehronga yadroviy kallaklar yetkazishga tayyor ekanini aytgan edi. Uning fikricha, Trampning harakatlari yadroviy urush xavfini kuchaytirmoqda. Vens esa, aksincha, AQSHning maqsadi — aynan Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishining oldini olish ekanini ta’kidladi. U Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, butun Yaqin Sharqda strategik muvozanat yo‘qolishi va yangi qurollanish poygasi boshlanishini qayd etdi. Intervyu davomida Vens Medvedevning so‘zlari Rossiya rasmiy pozitsiyasini aks ettirish-ettirmasligi haqida ham shubha bildirdi. Shu bois, u AQSH diplomatlari Rossiya bilan bu borada alohida aloqada ekanini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid