add

«Davaktiv»ga yangi direktor tayinlandi. Sobiq rahbar ishi tergovda

Kecha 23:102 daqiqa

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yang rahbari etib 39 yoshli Sohibjon Murodov tayinlandi.

«Davaktiv»ga yangi direktor tayinlandi. Sobiq rahbar ishi tergovda

O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Sohibjon G‘ofurjonovich Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod asadov ma’lum qildi.

Mazkur tayinlovga qadar Sohibjon Murodov «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u mehnat faoliyati davomida — 2017-2021 yillarda Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori vazifasini ham bajargan.

Sohibjon Murodov 1987 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, shuningdek, Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Rakat filiali jamg‘arma kassa kassiri sifatida boshlagan.

«Davaktiv»da taftish

Ushbu kadrlar almashinuvi «Davaktiv» faoliyatida yuzaga kelgan jiddiy inqiroz davriga to‘g‘ri keldi. Yanvar oyi oxirida Prezident agentlik va «O‘zbekneftgaz» tizimida milliardlab so‘mlik o‘g‘irliklar aniqlangani, keng ko‘lamli tekshiruvlar boshlanganini e’lon qilgan edi. Xususan, bozor qiymati 250 milliard so‘m bo‘lgan yer uchastkasi yopiq auksion orqali 120 milliard so‘mga sotib yuborilgani qattiq tanqid ostiga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq direktori Akmalxon Ortiqov yuqorida keltirilgan korrupsion holatlar sabab Prezident tomonidan qattiq tanqid qilingan va ishdan olingandi. Keyinchalik tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sobiq rahbarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda Davlat xavfsizlik xizmati va Komplayens xizmati tomonidan reviziya ishlari davom ettirilmoqda, tergov jarayonlariga iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar jalb etilgan.

Teglar

Mavzuga oid