add

Germaniya o‘z Bitkoin zaxirasini yig‘ishni boshladi: u 1 mln dollargacha qimmatlashi kutilmoqda

22.10.2025 | 11:452391

Germaniyaning Aifinyo kompaniyasi 2027-yilgacha 10 ming bitkoin sotib olishini e’lon qilgan. Bu esa hozirgi narxlarda 1.1 mlrd dollarni tashkil etadi.

Germaniya o‘z Bitkoin zaxirasini yig‘ishni boshladi: u 1 mln dollargacha qimmatlashi kutilmoqda

Davlatlar va korporatsiyalarning bitkoin jamg‘arishi 2025 yilning investitsion tendensiyasiga aylanib bormoqda. Aifinyo jamg‘armasi AQSHning Microstrategy jamg‘armasi bilan bir xil yo‘nalishda faoliyat yuritishni maqsad qilgan. Ya’ni o‘z aksiyalarini e’lon qilib borish va investitsiyalar asosida bitkoin sotib olish.

Microstrategy o‘z investitsiyalarini 2020-yilda, ya’ni Kovid sababli bitkoin narxi 10 ming dollar atrofida bo‘lganida boshlagani hozirgi kungacha barcha xaridlarini foydada qolishi sabab bo‘lmoqda. Investorlar boshqa kompaniyalarning endi bitkoin poygasiga qo‘shilishi qanchalik kelajakda o‘zini oqlashiga shubha bilan qarashadi. Biroq Aifinyo tahlilchilari bitkoinning 1 mln dollargacha chiqishi va hozir ham poygada o‘z o‘rnini egallashga kech emasligiga ishonishadi.

Yevropaning kripto-aktivlar bo‘yicha byurokratik cheklovlari ham Aifinyo uchun investitsiyalarni biroz xavfga solishi mumkin.

Mavzuga oid

Germaniya o‘z Bitkoin zaxirasini yig‘ishni boshladi: u 1 mln dollargacha qimmatlashi kutilmoqda | Vaqt.uz