O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida necha kun dam olishi ma’lum qilindi
Haftasiga besh kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi.

Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 20−23-mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 3 kun, ya’ni 20−22-mart sanalarida dam oladi deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shunga ko‘ra, haftada 5 kun ishlaydiganlar 4 kun dam oladi:
20-mart, juma — Ramazon hayiti kuni (hozircha rasman e’lon qilinmadi);
21-mart, shanba — Navro‘z bayrami kuni;
22-mart, yakshanba — dam olish kuni;
23-mart, dushanba — bayramdan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni.
Haftada 6 kun ishlaydiganlar esa 3 kun dam oladi:
20-mart, juma — Ramazon hayiti kuni;
21-mart, shanba — Navro‘z bayrami kuni;
22-mart, yakshanba — dam olish kuni.





