Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Afv etilganlar tarkibida 3 nafar chet el fuqarosi, 26 nafar ayol, 14 nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar bor.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Prezident Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi. Shu bilan birga, 82 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Yana 34 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo turiga almashtirildi.

Qolgan 53 nafar mahkumga tayinlangan jazo muddatlari qisqartirildi. Bu choralar mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirish va ularni ijtimoiy hayotga qaytarishga qaratilgan.

Afv etilganlar tarkibida 3 nafar chet el fuqarosi, 26 nafar ayol, 14 nafar 60 yoshdan oshgan shaxslar bor. Shuningdek, 166 nafar yoshlar va 24 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar ham qamrab olingan.

Farmon ijrosi doirasida mas’ul vazirlik va idoralarga afv etilgan shaxslarni oilasi bag‘riga qaytarish, ularni ish bilan ta’minlash va jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Teglar

Mavzuga oid

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi | Vaqt.uz