Go‘sht, haydovchilik kurslari va propan: Fevralda nimalar qimmatladi?
Markaziy bank fevral oyi bo‘yicha inflatsiya kuzatuvlarini e’lon qildi.
© Foto: Vaqt.uz2026-yil fevral oyi yakuniga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari orasida narxlar sezilarli darajada farq qildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 167 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (90 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.
2026-yil fevral oyida oziq-ovqat narxlari yillik o‘zgarishi
Arzonlashgan mahsulotlar:
• Qovoq -57,1 foiz
• Baqlajon -31,0 foiz
• Tarvuz -26,3 foiz
• Sarimsoq -22,9 foiz
• Shaftoli -22,8 foiz
Qimmatlashgan mahsulotlari:
• Limon +90,0 foiz
• Qo‘y go‘shti +27,4 foiz
• Suyaksiz mol go‘shti +24,0 foiz
• Mol go‘shti +22,4 foiz
• Qiyma +17,5 foiz

Nooziq-ovqat mahsulotlari
Nooziq-ovqat mahsulotlari segmentida ham turli yo‘nalishdagi o‘zgarishlar kuzatildi. Eng yuqori o‘sish nikoh uzuglari va metan gazi narxlarida qayd etildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 252 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlaridan 233 tasining (92 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.
2026-yil fevral oyida nooziq-ovqat narxlari yillik o‘zgarishi
Arzonlashgan mahsulotlar:
• Yirik oshxona priborlari -1,7 foiz
• Kichik maishiy priborlar -1,5 foiz
• Ichimlik tayyorlash uchun kichik priborlar -0,9 foiz
• Kastryul -0,8 foiz
• Shprits -0,7 foiz
Qimmatlashgan mahsulotlari:
• Nikoh uzugi +32,1 foiz
• Metan +30,3 foiz
• Gazeta +17,5 foiz
• Jurnal +15,3 foiz
• Propan +9,7 foiz

Xizmatlar sohasi
Xizmatlar sohasida eng katta o‘sish transport va kommunal xizmatlarda kuzatildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 98 turdagi xizmatlardan 69 tasining (70foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.
Arzonlashgan va kam o‘sgan xizmatlar:
• Pul o‘tkazmalari -5,6 foiz
• Ichki yo‘lovchi havo transporti -3,5 foiz
• Nodavlat OTMda o‘qish -0,5 foiz
• Mikromoliyaviy xizmatlar -0,02 foiz
• Metroda yo‘l haqi 0 foiz
Qimmatlashgan xizmatlar:
• Shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash+281,8 foiz
• Trolleybusda yo‘l haqi +100,0 foiz
• Tarmoq gaz +39,2 foiz
• Haydovchilik kurslari +38,5 foiz
• Sovuq suv +35,1 foiz






