add

Hayraton birinchi: Afg‘oniston portlarini modernizatsiya qilishga kirishdi

11.12.2025 | 22:325741 daqiqa

Loyiha tranzit va savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.

Hayraton birinchi: Afg‘oniston portlarini modernizatsiya qilishga kirishdi

Afg‘oniston Iqtisodiyot vazirligi va Birlashgan Arab Amirligining DP World kompaniyasi mamlakatning quruqlikdagi muhim tijorat portlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya shartnomasini imzoladi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston portlari zamonaviylashtiriladi va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Ta’kidlanishicha, avval Hayraton, so‘ngra Torxam porti modernizatsiya qilinadi, keyinchalik esa loyiha mamlakatning boshqa hududlariga ham joriy etiladi.

Kompaniya loyihaning Afg‘onistonda savdo hajmini kengaytirishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishini ta’kidlamoqda.

«Shartnoma xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, logistikani yangilash va Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tranzit markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga yo‘l ochadi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid