Logo

Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha kongress 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Bugun 14:531 daqiqa

Abu-Dabidagi kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash choralari ko‘rib chiqildi.

Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha kongress 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Abu-Dabida o‘tkazilayotgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongress ishtirokchilari navbatdagi anjumanni 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning yozishicha, mazkur tashabbus barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan ma’qullangan va kongressning yakuniy deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash choralari ko‘rib chiqildi.

Anjuman doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi. U O‘zbekiston mazkur tuzilma bilan faol hamkorlik qilib, qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotganini aytdi.

Mirziyoyeva navbatdagi kongressni O‘zbekistonda o‘tkazish qarorini mamlakatga bildirilgan yuksak xalqaro ishonch ramzi sifatida baholadi.

«Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031 yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan qonunchilikni kuchaytirish taklifi tayyorlanayotganini bildirgandi.

Teglar

Mavzuga oid