Logo

Kelajak texnologiyalari ritmida: «Asia Alliance Bank»

Bugun 14:553 daqiqa

«Silk Road Finance & Technology 2026» forumida faol ishtirok etdi.

Kelajak texnologiyalari ritmida: «Asia Alliance Bank»

Toshkentda Markaziy Osiyo moliya va fintex sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri — «Silk Road Finance & Technology Forum 2026» o‘z nihoyasiga yetdi. Forumda «Asia Alliance Bank» ATB ham faol ishtirok etib, zamonaviy bank texnologiyalari, raqamli mahsulotlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi yechimlarini namoyish etdi.

Forum moliya bozori yetakchilari, regulyatorlar, bank va fintex kompaniyalari, shuningdek, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli to‘lovlar yo‘nalishidagi mahalliy hamda xalqaro ekspertlarni bir maydonda jamladi. «Asia Alliance Bank» uchun forum nafaqat o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etish, balki sohadagi dolzarb tendensiyalar yuzasidan fikr almashish, tajriba ulashish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.

1

Bank rahbariyati va ekspertlari panel muhokamalarida ishtirok etib, moliya sektoridagi raqamli transformatsiya, zamonaviy texnologiyalarni bank xizmatlariga joriy etish va mijozlar tajribasini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdilar. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar ham o‘tkazildi.

«Biz moliya sohasidagi global transformatsiyani shunchaki kuzatib borayotganimiz yo‘q, balki bu jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilyapmiz. Asia Alliance Bank uchun asosiy ustuvor yo‘nalish — kundalik bank xizmatlarini mijozlar uchun yanada qulay, tezkor va xavfsiz qiladigan zamonaviy yechimlarni joriy etish», — deya ta’kidladi bank jamoasi.

2

Forum davomida «Asia Alliance Bank»ning interaktiv stendi mehmonlar, ekspertlar va biznes vakillari uchun bankning texnologik imkoniyatlari bilan bevosita tanishish maydoniga aylandi. Zamonaviy dizayn va interaktiv yechimlar asosida tashkil etilgan stendda bankning bir qator raqamli mahsulot va xizmatlari namoyish etildi.

Tashrif buyuruvchilar biometrik identifikatsiya imkoniyatiga ega bankomat faoliyatini amalda sinab ko‘rishdi. Yuzni biometrik aniqlash texnologiyasi ayrim bank operatsiyalarini plastik kartadan foydalanmasdan amalga oshirish imkonini beradi. Bunday yechimlar xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish bilan birga, bank operatsiyalari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

3

Stendda bankning virtual kartalari ham alohida taqdim etildi. Mutaxassislar mobil ilova orqali raqamli kartalarni rasmiylashtirish, ulardan onlayn xaridlar va xalqaro to‘lovlarda foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, «Asia Alliance Bank» mobil ilovasining imkoniyatlari namoyish qilindi. Tashrif buyuruvchilar ilova orqali pul o‘tkazmalari, xarajatlarni kuzatish va shaxsiy mablag‘larni boshqarish kabi xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Forum kunlari bank ekspertlari va menejerlari stendda tashrif buyuruvchilar bilan bevosita muloqot olib bordilar. Jismoniy shaxslar va biznes vakillariga bank mahsulotlari hamda xizmatlari bo‘yicha maslahatlar berildi.

5

Qiziquvchilar forumning o‘zidayoq raqamli xizmatlarga ulanish, tegishli arizalarni rasmiylashtirish va bank mahsulotlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy yordam olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bank stendida tashrif buyuruvchilar uchun maxsus faolliklar ham tashkil etildi. Brendlangan sovg‘alar va esdalik to‘plamlari taqdim etildi, ayrim bank mahsulotlariga ulanish bo‘yicha maxsus takliflar tayyorlandi.

Forum davomida stendga bo‘lgan yuqori qiziqish «Asia Alliance Bank»ning raqamli mahsulotlari va texnologik yechimlariga talab ortib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir davomida stendga minglab mehmonlar tashrif buyurdi, yuzlab ishtirokchilar esa bankning yangi mijozlariga aylandi.

«Silk Road Finance & Technology Forum 2026» «Asia Alliance Bank» uchun o‘z texnologik imkoniyatlarini namoyish etish bilan birga, moliya bozorining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun ham muhim platforma bo‘ldi.

4

Bugungi kunda bank raqamli xizmatlarni rivojlantirish, biometrik texnologiyalarni joriy etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda moliyaviy mahsulotlarning qulayligi va xavfsizligini oshirishga e’tibor qaratmoqda.

Shu bilan birga, xalqaro tajribani o‘rganish, yangi texnologik yechimlarni amaliyotga tatbiq etish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish bankning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutadi.

«Silk Road Finance & Technology Forum 2026»dagi ishtirok «Asia Alliance Bank»ning zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

«Asia Alliance Bank» — kelajak texnologiyalari ritmida.

📲 Skachivayte prilojeniye i zabirayte svoi besplatnыye limitы pryamo seychas!

👍 Alliance Pay | 🌐 Instagram
🌐 Facebook | 👍 YouTube
🌐 Telegram | 🌎 aab.uz

Teglar

Mavzuga oid