Logo

Marko Rubio: «Samarqand global savdoda tarixan muhim rol o‘ynagan»

Bugun 18:571 daqiqa

AQSH Davlat kotibi O‘zbekiston bilan hamkorlik va yangi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Marko Rubio: «Samarqand global savdoda tarixan muhim rol o‘ynagan» © Foto: reuters

​AQSH Davlat kotibi Marko Rubio o‘z sahifasida e’lon qilgan videolavhada Samarqandning global savdo chorrahasi sifatidagi tarixiy o‘rni qayta tiklanayotganini ta’kidladi.

U ​Vashington butun dunyo bo‘ylab sheriklik aloqalarini kengaytirayotgani, bu jarayonda O‘zbekiston muhim o‘rin tutishini aytdi.

Shuningdek, yuzlab Amerika kompaniyalari bu yerga aniq kelishuvlar va uzoq muddatli hamkorlik uchun kelganini qayd etdi.

«Yer yuzida Samarqand kabi global savdoda tarixan muhim rol o‘ynagan joylar kamdan-kam uchraydi. Bugun bu yerda bo‘lib, nafaqat tarixni yodga olish, balki kelajak uchun imkoniyatlar haqida fikr yuritish men uchun sharafdir», - dedi Davlat kotibi.

Qolaversa, ​AQSH savdo, ilm-fan va texnologiya sohalarida ulkan imkoniyatlarni ko‘rayotganini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid