add

O‘zbekiston birinchi yarim yillikda Qozog‘istondan ham ko‘proq to‘g‘ri investitsiya jalb qildi

07.10.2025 | 10:0045663

2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kirib kelgan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 1,6 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga o‘sdi.

O‘zbekiston birinchi yarim yillikda Qozog‘istondan ham ko‘proq to‘g‘ri investitsiya jalb qildi
Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston mintaqada to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. To‘lov balansi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga 1,6 milliard dollar miqdorida to‘g‘ri investitsiyalar kirib kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ko‘pdir. Qozog‘istonda esa shu davrda to‘g‘ri investitsiyalar oqimi 1,4 milliard dollar bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 73 foizga kamaygan. Tojikistonga kirib kelgan to‘g‘ri investitsiyalar esa 60,7 million dollarni tashkil etdi. Qirg‘iziston bo‘yicha ikkinchi chorak ma’lumotlari hozircha e’lon qilinmagan. Mutaxassislar fikricha, Qozog‘istonda investitsiyalar hajmining keskin qisqarishi mamlakatda norezidentlar tomonidan yirik loyihalar tugaganidan so‘ng aktivlarning 1,9 milliard dollargacha kamayishi bilan izohlanmoqda. Shu bilan birga, Rossiyadagi holat ham qiziq tendensiyani ko‘rsatmoqda. 2022–2024 yillar davomida norezidentlar mamlakatdan taxminan 60 milliard dollar miqdorida to‘g‘ri investitsiyalarni olib chiqib ketgan. Biroq 2025 yilda bu jarayon teskari yo‘nalishda o‘zgarib, Rossiyaga investitsiyalar oqimi yana o‘sishni boshladi. Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyaga to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 12,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilda kuzatilgan natijalarga yaqin bo‘lib, ekspertlar bu o‘sishning sabablari va asosiy hamkorlar kesimida tahlil talab etilishini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid