Logo

Click «CIPD People Management Awards 2026» mukofotining ikki nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Bugun 13:554 daqiqa

Kompaniya loyihalari ikki yo‘nalishda — ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar va jamoani rivojlantirishga qaratilgan raqamli yondashuv uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Click «CIPD People Management Awards 2026» mukofotining ikki nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

24-sentabr kuni Londonda «CIPD People Management Awards 2026» g‘oliblari e’lon qilindi. Click mukofotning birdaniga uchta nominatsiyasi bo‘yicha finalchilar qatoriga kirib, ikkitasida g‘olib bo‘ldi.

«CIPD People Management Awards 2026» — Buyuk Britaniyada xodimlarni boshqarish, o‘qitish va rivojlantirish hamda tashkiliy o‘zgarishlar sohasida beriladigan professional mukofot. Bu yil 90 nafar ekspert 21 ta yo‘nalish bo‘yicha yuzlab arizalarni ko‘rib chiqdi.

«Inson uchun» va «Yashil meros» — insonlarga yordam va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik

Click «Korporativ ijtimoiy mas’uliyat va ESG sohasidagi eng yaxshi tashabbus» (Best CSR/ESG Initiative) nominatsiyasida «Inson uchun» va «Yashil meros» loyihalarini taqdim etib, ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi. «Inson uchun» xayriya platformasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Click’ning hamkorlikdagi tashabbusi bilan yaratildi. Kompaniya foydalanuvchilarga shaffof va manzilli xayriya qilish imkonini beruvchi platformani ishlab chiqdi.

Birgina 2026-yilning avgust oyida foydalanuvchilar Click orqali xayriya uchun qariyb 989 mln so‘m yo‘naltirdi. Shundan 588 mln so‘mdan ortig‘i 25 bolani davolash va qo‘llab-quvvatlashga, qariyb 170 mln so‘mi esa o‘nlab bolalarning yangi o‘quv yiliga tayyorlanishiga yordam bergan «Maktab bozori» loyihasiga sarflandi. Bu natijalar raqamli platforma ko‘plab insonlarni aniq yordam ko‘rsatish yo‘lida birlashtirishi va kundalik hayotda xayriyada ishtirok etishni osonlashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

«Yashil meros» ekologik loyihasi foydalanuvchilarga O‘zbekistonni ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etish imkonini beradi: ular Click orqali kundalik to‘lovlarni amalga oshirib, ekoballar to‘playdi va virtual daraxtni haqiqiy daraxtga aylantirishga hissa qo‘shadi. Loyiha doirasida qariyb 8 ming tup daraxt ekilgan.

«Click choyxona» — kundalik ish jarayonidagi korporativ madaniyat

«Click choyxona» ichki platformasi «Xodimlarni boshqarish, o‘qitish va rivojlantirish sohasidagi eng yaxshi raqamli yoki texnologik tashabbus» (Best Digital/Technology Initiative in HR/L&D) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. «Click choyxona» har qanday o‘sib borayotgan jamoa oldida paydo bo‘ladigan masalaga yechim sifatida yaratildi: kompaniya rivojlanib borgani sari umumiy qadriyatlarni va xodimlarning faol ishtirokini qanday saqlab qolish mumkin?

Platforma xodimlar hissasini e’tirof etish tizimi, o‘yin mexanikalari, ichki marketpleys va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash vositalarini birlashtirdi. U «Click jamoa» dasturining amaliy davomi bo‘lib, korporativ qadriyatlarni jamoaning kundalik o‘zaro hamkorligiga singdirishga yordam berdi. «Click jamoa» dasturining o‘zi ham «O‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha eng yaxshi tashabbus» (Best Change Management Initiative) nominatsiyasida finalchilar qatoriga kirdi.

«Inson uchun» va «Click choyxona» turli vazifalarni bajaradi: biri foydalanuvchilarni xayriyaga jalb qilishga, ikkinchisi esa kompaniyaning ichki muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, har ikkala loyiha Click’ning umumiy yondashuviga asoslanadi: texnologiyalardan nafaqat xizmatlar va biznesni rivojlantirish, balki kompaniya ichida ham, jamiyatda ham yanada ochiq, faol ishtirok va mas’uliyatga asoslangan muhit yaratish uchun foydalanish.

«Biz uchun bu mukofotlar shunchaki alohida loyihalarning e’tirofi emas. Ular kompaniya madaniyati jamoa ichida ham, undan tashqarida ham o‘zgarishlarga xizmat qiladigan amaliy vosita bo‘la olishini ko‘rsatadi. “Click choyxona” aniq amaliy maqsad bilan yaratilgan: qadriyatlarimizni xodimlarning kundalik tajribasiga singdirish, ularga e’tirof etilish, tashabbus ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik qilish uchun ko‘proq imkoniyat yaratish. “Inson uchun” va “Yashil meros” esa madaniyatimizning yana bir muhim jihatini — atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealar uchun mas’uliyatni namoyon etadi», — deydi Click AJ Xodimlarni boshqarish departamenti direktori Yevgeniya Massino.

Ma’lumot uchun, Click — O‘zbekistonning yetakchi fintex kompaniyasi va mamlakat raqamli to‘lovlar bozori yetakchilaridan biri. Kompaniya xizmatlaridan 24 milliondan ortiq kishi foydalanadi. 2024-yilda Click o‘zining va hamkorlarining xizmatlarini — to‘lovlar va sug‘urtadan tortib logistika, avtomobil xizmatlari va xayriyagacha — yagona platformada birlashtirib, superilovaga aylandi. 2026-yilning yanvar oyida kompaniya sun’iy intellektga asoslangan Cleo raqamli yordamchisini ishga tushirdi. U Click’ning aqlli va shaxsiylashtirilgan xizmatlari qatorini to‘ldirdi. Click 1-sonli to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega va PCI DSS 4.0.1 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. Kompaniyaning ustuvor investitsiya yo‘nalishlari qatoriga sun’iy intellekt, yashil energetika yechimlari va ijtimoiy tashabbuslar kiradi.

Instagram | LinkedIn | Telegram

Reklama

Teglar

Mavzuga oid