add

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 63,7 millionga yetdi

23.05.2025 | 22:0018243

2025 yil may oyi boshiga kelib, O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 63,7 million donani tashkil etdi. Bu Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan to‘lov tizimlari ko‘rsatkichlarida aks ettirilgan.

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 63,7 millionga yetdi
Muomaladagi eng ko‘p bank kartasiga ega tijorat banki — Xalq banki bo‘lib, unda 11 milliondan ortiq karta faol. Shunga qaramay, 2025 yil boshidan beri ushbu bank kartalar sonida 1,4 milliongacha qisqarish kuzatilgan. Agrobank 5,7 million, TBC Bank 4,96 million, Ipoteka bank 4,94 million va Octobank 4,68 million kartalar bilan keyingi o‘rinlarni egallagan. Bankomatlar soni bo‘yicha ham Xalq banki yetakchilik qilmoqda — 3 032 ta bankomat faoliyat yuritmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Agrobank (2 034 ta), Kapitalbank (1 478 ta) va Ipak Yo‘li banki (972 ta) qayd etilgan. Respublikaning umumiy bankomat va infokiosklar soni 17 994 tani tashkil etadi. To‘lov terminallari soni bo‘yicha Xalq banki yana peshqadam — 45 101 ta terminal o‘rnatilgan. Hamkorbank (43 172 ta), Milliy bank (39 525 ta) va Agrobank (34 595 ta) ham yetakchi o‘rinlarda turibdi. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan umumiy operatsiyalar tushumi 139,98 trillion so‘mni tashkil etdi. Ularning katta qismi — 16,1 trillion so‘m — Aloqabank orqali amalga oshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 63,7 millionga yetdi | Vaqt.uz