add

Parijda Makronning mum haykali o‘g‘irlanib, Rossiya elchixonasi oldida namoyish qilindi

03.06.2025 | 15:405692

«Greenpeacye» faollari Fransiya prezidentining mum haykalini muzeydan olib chiqib, Rossiya bilan aloqalarga qarshi miting tashkillashtirishdi.

Parijda Makronning mum haykali o‘g‘irlanib, Rossiya elchixonasi oldida namoyish qilindi
Parijdagi mashhur «Greven» muzeyiga ishchi kiyimida kirgan «Greenpeacye» ekologik harakati faollari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mum haykalini olib chiqishdi. Ular haykalni adyolga o‘rab, xizmat eshigi orqali muzeyni tark etishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu haykalning bahosi taxminan 40 ming yevroga teng. Aniqlanganidek, bu g‘ayrioddiy aksiya orqali faollar Fransiyaning Rossiya bilan energiya sohasidagi iqtisodiy munosabatlariga e’tiroz bildirishni maqsad qilgan. Ular Fransiya hukumati Rossiyadan gaz, atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i va o‘g‘it sotib olishni davom ettirayotganini tanqid qilmoqda. Makron haykali 10 ga yaqin faollar tomonidan Rossiya bayrog‘i fonida Parijdagi Rossiya elchixonasi oldiga olib chiqildi. Ular “Ukraina yonmoqda, biznes esa davom etmoqda” degan yozuvli banner bilan chiqish qilishdi. «Greenpeacye» ushbu harakat orqali Fransiyaning urush davom etayotgan bir paytda Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolayotgani orqali Kremlga bilvosita moliyaviy yordam ko‘rsatayotganini namoyon etdi.

Teglar

Mavzuga oid

Parijda Makronning mum haykali o‘g‘irlanib, Rossiya elchixonasi oldida namoyish qilindi | Vaqt.uz