add

Rossiyaliklar o‘zlarining vertolyotini urib tushirdi

28.10.2025 | 22:3010421

Bu urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi o‘zining vertolyotini urib tushirgan kamida beshinchi holat hisoblanadi.

Rossiyaliklar o‘zlarining vertolyotini urib tushirdi

Rossiya havo mudofaasi kuchlari Ukraina dronlarining Rossiya hududiga hujumini qaytarish paytida xatolik tufayli o‘zining Ka-52 jangovar vertolyotini urib tushirdi. Bu haqda Fighterbomber, Aviahub va «Voyevoda veshayet» Telegram-kanallari ma’lum qildi.

The Insider ma’lumotlariga ko‘ra, bu urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi vertolyotini yo‘qotgan kamida beshinchi holat hisoblanadi. «Pozivnoy Katsman» nomli Telegram-kanali aniqlik kiritishicha, hodisa vertolyotni Ukraina droni deb o‘ylagan qiruvchi samolyot uchuvchisining xatosi tufayli yuz bergan.

«Ka-52 (52M) urib tushirildi, afsuski, shaxsiy tarkibda yo‘qotishlar ham bor. O‘zimiznikini urib tushirganga o‘xshaydi — qiruvchi samolyot ishladi. Ma’lum bo‘lishicha, uni dron bilan adashtirishgan, chamasi, dron yaqin atrofda bo‘lgan, shunchaki noto‘g‘ri nishonga urishgan. Hodisa va uning sabablari tekshirilmoqda», - deyiladi xabarda.

Rossiya armiyasida bunday holatlar ilgari ham sodir bo‘lgan. 2024 yil iyun oyida Anapa ustida Rossiya havo mudofaasi tizimi Rossiya Aerokosmik kuchlarining Ka-29 vertolyotini urib tushirgan. O‘shanda hodisa oqibatida butun ekipaj — to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.

The Insider nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, urush davomida Rossiya «o‘zinikilarga qarata o‘t ochish» oqibatida kamida 17 ta uchish apparatini, jumladan, 12 ta samolyot va 5 ta vertolyotni yo‘qotgan. Ular orasida to‘rtta Su-35, uchta Su-34, ikkita A-50, bittadan Su-27, Su-30 va Il-22 hamda ikkita Ka-52, Ka-29, Mi-24 va Mi-8 bor.

Teglar

Mavzuga oid