add

Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrifini yakunlab, Vashingtonga jo‘nab ketdi

Qatarga amaliy tashrif yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining taklifiga binoan «C5+1» formatidagi sammitda ishtirok etish uchun Vashington shahriga uchib ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrifini yakunlab, Vashingtonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlatiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etish uchun Vashington shahriga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti AQSH prezidenti Donald Tramp, Kongress Senati va Vakillar palatasi a’zolari, AQSH vazirlik hamda idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoning AQSH bilan mintaqalararo hamkorligini chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSHning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida Shavkat Mirziyoyev Global ijtimoiy adolat fondi tashkil etishni taklif qilgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid