Logo

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif qo‘shma loyihalarni jadallashtirishni kelishib oldi

Bishkekda Shavkat O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, transport va gumanitar hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif qo‘shma loyihalarni jadallashtirishni kelishib oldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Suhbatda ikki davlat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Pokistonni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilayotgani bilan tabrikladi. Shuningdek, joriy yil fevral oyida Islomobodga amalga oshirilgan tashrif va oliy darajadagi muzokaralar munosabatlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targani ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Hududlararo va gumanitar hamkorlik bo‘yicha ham yangi rejalar bor. Jumladan, Xivada Hududlararo forum o‘tkazish hamda Pokistonda O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

To‘qimachilik, tibbiyot, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi loyihalarni tezlashtirish uchun qo‘shma «yo‘l xaritasi» qabul qilishga kelishildi.

Teglar

Mavzuga oid