Logo

«Kim kimni bloklashini tushunishmayapti»: Durov o‘zini «terrorchi» deb e’lon qilgan Rossiyaga javob qaytardi

Bugun 08:001 daqiqa

Rossiya Moliyaviy monitoring xizmati «Telegram» asoschisi Pavel Durovni «terroristlar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi. FSB Durovga terrorchilikga ko‘maklashish ayblovini qo‘yib, uni xalqaro qidiruvga berganini e’lon qildi.

«Kim kimni bloklashini tushunishmayapti»: Durov o‘zini «terrorchi» deb e’lon qilgan Rossiyaga javob qaytardi

Rossiyaning Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati «Telegram» asoschisi Pavel Durovni «terroristlar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi. Yangilangan ro‘yxatda uning ismi yonida yulduzcha belgisi qo‘yilgan bo‘lib, bu unga nisbatan terrorchilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini anglatadi.

29-iyul kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Durovga terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish ayblovi qo‘yilganini e’lon qilgan edi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, «Telegram» ma’muriyati Rossiya hududida terrorchilik harakatlari va diversiyalarni muvofiqlashtirish uchun foydalanilayotgan kanallar hamda botlarni o‘chirmagan.

FSBning qo‘shimcha qilishicha, Durov «xalqaro qidiruvga berilgan». 

Durovning javobi

Pavel Durov Rossiya idoralarining qaroriga o‘zining «Telegram» kanali orqali munosabat bildirdi.

«Rossiya Telegram’da ommaviy kuzatuv va senzura bo‘yicha talablarini bajarishdan bosh tortganim uchun meni «terrorchi» deb elon qildi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, menga «internetda axborot e’lon qilish» taqiqlanadi. Rossiya amaldorlari internetda kim kimni bloklashi mumkinligini ochiqchasiga tushunmayapti», — deb yozdi Durov.

Shuningdek, FSBning bayonoti e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, Durov o‘z kanalidagi suratini terrorchi obraziga almashtirdi va keyinroq uni olib tashladi.

Teglar

Mavzuga oid