Logo

Eronparast Iroq vaziri Anqarada bitimlar imzolanishini deyarli barbod qildi

Bugun 10:052 daqiqa

Gap shundaki, eronparast qarashlari bilan tanilgan Iroq transport vaziri Vahb Hasaniy «Taraqqiyot yo‘li» (Development Road) loyihasi bo‘yicha bitimni imzolashdan bosh tortdi.

Eronparast Iroq vaziri Anqarada bitimlar imzolanishini deyarli barbod qildi © Anadolu

Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydi o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimida kutilmagan holat yuz berdi. Bu haqda «Yeni Safak» xabar berdi.

Gap shundaki, eronparast qarashlari bilan tanilgan Iroq transport vaziri Vahb Hasaniy «Taraqqiyot yo‘li» (Development Road) loyihasi bo‘yicha bitimni imzolashdan bosh tortdi. Bu holat jonli efirda namoyish etildi va telekameralar tomonidan tasvirga olindi.

Beshta bitim imzolanishi kerak edi. Erdo‘g‘an kechikishini payqab, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanga murojaat qildi.

«Beshta ekaniga ishonch hosil qiling, Hoqon, besh bitim», — deydi prezident.

Vazir hujjatni imzolamaganini payqagan Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydi unga marosimning o‘zida hujjatga imzo qo‘yishni buyurdi. «Nega bitim imzolanmadi?», deya murojaat qildi. Vazir esa «Sizga WhatsApp’dan yozaman», deb javob berdi. Shundan so‘ng Vahb Hasaniy hujjatni imzoladi va marosim odatdagidek davom etdi. Qolaversa, Ali az-Zeydi Turkiya prezidentiga buni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini tarjimon orqali ma’lum qildi:

«Prezidentga ayting, men unga imzolashni buyurdim», — deydi bosh vazir.

Turkiya nashrlarining yozishicha, dastlab bu voqea ikki tomon o‘rtasida siyosiy kelishmovchilik bor degan taxminlarga sabab bo‘ldi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, vazirning imzo qo‘yishni kechiktirishi siyosiy sabablar bilan emas, balki Iroq delegatsiyasi ichidagi texnik tushunmovchilik tufayli yuz bergan.

Ma’lumot uchun, «Taraqqiyot yo‘li» loyihasi Basradan Turkiya chegarasigacha qariyb 1200 kilometr masofani qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘anga nisbatan Anvar Sadat ssenariysi asosida suiqasd tayyorlangani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid