Rossiya urushni yakunlashni istamoqda
Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni 2026-yilda yakunlash istagini bildirdi.

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Grigoriy Karasin Moskva Ukrainadagi urushni 2026-yil davomida yakunlashni istashini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy amaliyotni shu yilning o‘zida tugatishdan manfaatdor. Biroq bu faqat Rossiyaning xohishi yoki harbiylarining harakatiga bog‘liq emas.
«Biz, tabiiyki, bu operatsiyani shu yilda yakunlashni istardik, lekin masala faqat bizga, yigitlarimizning va butun mamlakatning qat’iyatiga bog‘liq emas», dedi Karasin.
«Hammasi vaziyatga bog‘liq»
Grigoriy Karasinning ta’kidlashicha, mojaroning qachon tugashi xalqaro vaziyat va Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududiga zarbalari bilan ham bog‘liq.
«Istak bor, ammo uni haqiqatga aylantirish muhim. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi barcha omillarga bog‘liq», — dedi u.
Medvedev ham bayonot bergan edi
Bir kun avval Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ham urushning ehtimoliy yakunlanishi haqida fikr bildirgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga «g‘alaba kerak, ammo har qanday badal evaziga emas».
Medvedev, shuningdek, mamlakat «maxsus harbiy operatsiya» deb atayotgan mojaroni yakunlashning muhim bosqichiga yaqinlashganini ta’kidlagan.





