Logo

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida qo‘yishga ruxsat berildi

Бугун 11:322 дақиқа

Yangi qonunga ko‘ra, ota yoki onaning familiyasi bilan bir qatorda, otasining ismini ham bolaga familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida qo‘yishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda bolaga otasining ismi yoki ota-onaning xohishiga ko‘ra bobosining ismi familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda 13-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan (O‘RQ-1164-son) qonunda belgilab qo‘yildi.

Qonun bilan Oila kodeksiga tegishli o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, farzandga otasining ismi asosida familiya berishga ruxsat etildi. Shuningdek, ota yoki onaning xohishiga ko‘ra bolaga bobosining ismi bo‘yicha ham familiya berilishi mumkin.

Avval amaldagi qonunchilikda bolaga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati nazarda tutilmagan edi. Yangi tartib ota-onalarga farzandining familiyasini tanlashda qo‘shimcha imkoniyat beradi.

Familiya tanlashda o‘zgarish

Qonun loyihasi 8-avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi. Senator Odiljon Mamatkarimovning ta’kidlashicha, bolaga ota-onaning familiyasi asosida familiya berish amaliyoti ayrim fuqarolarda e’tirozlar keltirib chiqarmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jumladan, bolalar uyida ulg‘aygan yoki otalik huquqidan mahrum qilingan shaxslarning farzandlari otasining ismini familiya sifatida olishni istamasligi mumkin.

Shu sababli qonun bilan bolaning familiyasini shakllantirishda muqobil variantlar kengaytirildi. Endi ota-onalar qonunchilikda belgilangan yangi imkoniyatlardan ham foydalanishi mumkin.

Qonun bilan bir vaqtda «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Hujjatda elektron va nodavlat arxivlarni tashkil etish hamda ularning faoliyatiga oid normalar belgilandi.

Elektron arxivlarga talablar

Elektron arxivlar uchun apparat va dasturiy ta’minot mavjudligi majburiy talablardan biri etib belgilandi. Shuningdek, hujjatlarni raqamlashtirish uchun zarur qurilmalar va dasturlar bo‘lishi kerak.

Elektron arxivlarda hujjatlarni qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyati ham ta’minlanishi lozim. Elektron hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligi kafolatlanishi talab etiladi.

Bundan tashqari, elektron arxiv tizimlari axborot va kiberxavfsizlik talablariga javob berishi kerak. Nodavlat arxivlarga esa davlat mulki hisoblanmaydigan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish huquqi berildi.

Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniqlashtirildi. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Теглар

Мавзуга оид