AQSH sudi Trampning Amerikada tug‘ilgan chaqaloqlarga fuqarolik bermaslik qarorini to‘xtatdi
Chet elliklarning Amerikaga borib farzand ko‘rishi va shu orqali chaqaloqqa AQSH pasportini olib berishi hozircha taqiqlanmaydigan bo‘ldi.
© Foto: Getty ImagesAQSH sudi mamlakat prezidenti Donald Trampning Amerika hududida tug‘ilganlarga fuqarolik berishni cheklovchi yangi farmoni ijrosini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Merilend okrugi sudi qarori bilan ushbu farmonni amalda qo‘llash rasman taqiqlandi. Ma’muriyatning tegishli idoralari va rahbarlariga bu talabni bajarish cheklangan.
«Davlat kotibi, AQSH Bosh prokurori, AQSH Ichki xavfsizlik vaziri, AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati direktori, Ijtimoiy ta’minot ma’muriyati komissari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari, agentlari, xodimlari, advokatlari hamda ular bilan birga harakat qiluvchi boshqa shaxslarga 2026 yilgi farmonni qo‘llash yoki ijro etish taqiqlanadi», — deyiladi sud organi bayonotida.
«Tug‘uruq turizmi»ga qo‘yilgan taqiq
Bunga qadar AQSH Oliy sudi ham Trampning mamlakat hududida tug‘ilgan bolalar uchun fuqarolik olishga oid umumiy huquqini bekor qilishga qaratilgan tashabbusini bloklagan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp taxminan bir oy avval chaqaloqlarning AQSHda tug‘ilgani asosida fuqarolik olishini cheklovchi farmonlarni imzolagan edi. Oq uy rahbari ushbu hujjat bilan chet elliklarning AQSHga faqatgina farzand ko‘rish va unga fuqarolik olib berish maqsadida kelishini, ya’ni «tug‘uruq turizmi»ni taqiqlagan.





