AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
© Videodan kadrAQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov yangi Bosh konsulxona Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida O‘zbekistonning birinchi konsullik muassasasi ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, konsulxonaning ochilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.





