
Bank tizimiga kiberhujumlar soni keskin oshib bormoqda
Kecha 21:151371 daqiqa
2025 yil davomida O‘zbekiston banklariga nisbatan minglab kiberhujum urinishlari qayd etildi. Javob sifatida Markaziy bank banklar uchun kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi: yangi texnologiyalar, bulutli infratuzilma va qat’iy reyting baholash tizimi joriy etildi.
Videoda 2025 yilda qayd etilgan kiberhodisalar statistikasi, eng ko‘p uchragan hujum turlari, bank tizimidagi zaif nuqtalar hamda yangi talablar amalda nimani o‘zgartirayotgani haqida batafsil so‘z boradi.
Kiberfiribgarlikka qarshi kurash, bloklangan milliardlab mablag‘lar va bank tizimi barqarorligi — videoda asosiy savollarga javob topasiz.


