Logo

Bozorda ishlatilgan mashinalardan ko‘ra yangilari ko‘proq sotilmoqda

Bugun 11:252 daqiqa

Avgust oyida ishlatilgan avtomobillar sotuvi bir oyda 10% ga kamaydi. Aksincha, yangi transport vositalari savdosi 20% ga oshgan. Shunga qaramay, son jihatdan ikkilamchi bozor yetakchilik qilmoqda.

Bozorda ishlatilgan mashinalardan ko‘ra yangilari ko‘proq sotilmoqda © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, avgustda barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 79 mingtadan oshgan.

O‘tgan oyda yangi yengil avtomobillar savdosi 20,5 foizga oshib, 30,6 mingtaga yetdi. Savdolar kesimida mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvi yetakchilik qildi, deyiladi tahlilda.Ularning savdosi iyulga nisbatan qariyb 25 foizga oshib, 25,3 mingtaga yetdi.

Chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi ham 7 foizga ko‘payib, 5,3 mingta xorij avtomobil sotilgan.

Ikkilamchi bozorda sotuvlar bir oyda 10,8 foizga kamayib, qariyb 32 mingtaga tushdi. Ammo jami sotilgan avtomobil savdolarida ishlatilgan avtomobillar ulushi 50,2 foizni tashkil etgan.

Hududlardagi savdolar qanday o‘zgardi?

Avtomobil savdosi respublikadagi 14 ta hududning 9 tasida oshgan. Eng katta o‘sish Buxoro viloyatida qayd etilib, savdo 19,1 foizga, Xorazm viloyatida esa 10,8 foizga oshgan.

Toshkent viloyatida savdo 11,9 foizga oshganiga qaramay, poytaxt Toshkentda avtomobil savdosi 10,1 foizga kamaydi. Andijon viloyatida pasayish 2,7 foizni, Farg‘onada esa 2,1 foizni tashkil etdi.

Elektromobillar savdosi 44,5 foizga oshdi

Avgust oyida birilamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,2 mingta elektromobil sotildi. Bu iyul oyidagi 9,3 mingta ko‘rsatkichga deyarli yaqin. Elektromobillarning 68,5 foizi yoki 6,3 mingtasi Toshkent shahrida sotilgan. Farg‘ona viloyatida 662 ta, Toshkent viloyatida esa 455 ta elektromobil sotilgan. Shu tariqa, yillik hisobda elektromobillar savdosi 44,5 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki yetti oyida 263,7 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Rusumi bo‘yicha Cobalt avtomobili yetakchilik qilib, ularning soni 91 ming donadan oshgan.

Teglar

Mavzuga oid