Logo

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?

Bugun 09:001 daqiqa

2026-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda turli rusumdagi 263 731 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda? © kapital.kz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–iyul oylarida 263 731 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 ming donaga ko‘p.

Yetti oy ichida eng ko‘p ishlab chiqarilgan model esa Cobalt bo‘ldi — 91 140 dona. Keyingi o‘rinni 47 521 dona ko‘rsatkich bilan Damas egalladi. Uchinchi o‘rindan esa Tracker joy oldi — 25 779 dona.

Onix modeli bo‘yicha 20 445 dona avtomobil ishlab chiqarildi. BYD avtomobillari ishlab chiqarish 17 765 donaga, KIA 17 125 donaga yetdi.

Haval brendi ostida 5 778 dona, Chery bo‘yicha esa 4 801 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Chevrolet Damas Move modelida 932 dona avtomobil tayyorlangan.

Statistikada maxsus yengil avtomobillar ham alohida kategoriya sifatida qayd etilgan. Ularning ishlab chiqarish hajmi 32 445 donani tashkil qildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda? | Vaqt.uz