add

Buxorodagi sexda portlash sodir bo‘ldi. 4 kishi halok bo‘lgan

Bugun 16:254711 daqiqa

Kogon tumanida portlovchi moddalar ishlab chiqariluvchi sexda yuz bergan kuchli portlash to‘rt ishchining hayotiga zomin bo‘lib, tan jarohatlari olgan yana to‘rt nafar xodim esa shifoxonaga yetkazilgan.

Buxorodagi sexda portlash sodir bo‘ldi. 4  kishi halok bo‘lgan

Buxoroda sexdagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 6-dekabr kuni soat 09:40 da «Mustaqillik» MFY hududida joylashgan «Shams Ltd» korxonasiga qarashli portlovchi moddalarni tayyorlash sexida ro‘y bergan. Portlashdan keyin yong‘in kelib chiqqan va favqulodda xizmatlarning yettita qutqaruv bo‘linmasi yong‘inni soat 10:27 da to‘la o‘chirgan.

Hodisa vaqtida omborda 30 nafar ishchi bo‘lgani, ulardan to‘rt nafari halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Yengil tan jarohati olgan to‘rt xodim shifoxonaga yotqizilgan, ikki nafarga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Voqea yuzasidan zarar ko‘rganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Hodisa yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Vazirlar Mahkamasi maxsus Hukumat komissiyasini tuzdi. Komissiyaga Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov rahbar etib belgilandi. Unga portlash sabablarini aniqlash, oqibatlarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

FVV xabariga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olingan va bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Tergovga oid qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Bundan bir necha kun oldin, 2-dekabr kuni Gulistondagi ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlashi oqibatida 29 kishi jarohatlangan va uch nafar inson halok bo‘lgani ham ma’lum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid