Logo

Latviya o‘zbekistonliklarga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkin

Bugun 10:002 daqiqa

Bunga sabab qilib ular Latviyaga kelganidan so‘ng qisqa vaqt ichida bir necha O‘zbekiston fuqarolari tomonidan jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat sodir etilganini ko‘rsatgan.

Latviya o‘zbekistonliklarga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkin

Latviya Ichki ishlar vazirligi mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha cheklash masalasini ko‘targan. Bu haqda Rus.Delfi xabar berdi.

Vazirlik taklifini Immigratsiya to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga asoslamoqda. Mazkur norma hukumatga ichki xavfsizlik va jamoat tartibiga ta’sirini baholagan holda, muayyan uchinchi davlat fuqarolaridan viza olish uchun arizalarni qabul qilish hamda mamlakatga kirishni ma’lum muddatga cheklash imkonini beradi.

Ichki ishlar vaziri Yanis Dombrova qisqa vaqt ichida Latviyaga kelgan bir necha O‘zbekiston fuqarosi jinoyat sodir etganini, ular orasida voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar ham borligini ta’kidlagan.

Uning aytishicha, Latviya bunday holatlarning oldini olish uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishi va jamoat xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Vazirlik O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatish orqali ushbu davrda O‘zbekiston tomoni bilan xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.

Biroq koalitsiyadagi hamkorlar masalani hukumatning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritishga hozircha tayyor bo‘lmagan. Shu sababli taklif keyingi yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 4-sentabr kuni Latviyaning Yelgava shahridagi bolalar maydonchasida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarda gumonlangan 1987 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan edi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6-sentabr kuni sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Teglar

Mavzuga oid