Logo

OTP Bank «Ipotekabank»ning qolgan 17,5 foiz davlat ulushini sotib oladi

Bugun 17:021 daqiqa

2023-yil iyun oyida Vengriyaning OTP Banki «Ipotekabank»dagi davlat ulushining 73,71 foizini 324 mln dollarga sotib olish bitimini yakunlagandi.

OTP Bank «Ipotekabank»ning qolgan 17,5 foiz davlat ulushini sotib oladi

Vengriyaning OTP Banki bilan «Ipotekabank» ustav kapitalidagi davlatga tegishli qolgan 17,5 foiz ulushni sotib olishga kelishildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yilda bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari va mamlakatdagi iqtisodiy sharoitlar sezilarli yaxshilangani sababli dastlabki shartnomaning ayrim bandlari qayta ko‘rib chiqilgan.

Natijada tomonlar qo‘shimcha bitim imzolab, xususiylashtirishning ikkinchi bosqichini qisqa muddatda yakunlashga kelishib olgan.

Qayd etilishicha, 2022-yilda tomonlar bankni ikki bosqichda xususiylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolagan bo‘lib, ikkinchi bitim narxini bank faoliyati ko‘rsatkichlariga bog‘lashga kelishilgan.

Xususiylashtirishning avvalgi bosqichlari

2023-yil iyun oyida Vengriyaning OTP Banki «Ipotekabank»dagi davlat ulushining 73,71 foizini 324 mln dollarga sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlagan. O‘shanda bank keyingi uch yil ichida «Ipotekabank» aksiyalarining yana 25 foizini sotib olib, o‘z ulushini 98 foizga yetkazish rejasini ma’lum qilgan edi.

2024-yil yozida esa OTP Bank «Ipotekabank»ning minoritar aksiyadorlariga jami 1,3 foiz aksiyani sotishni taklif qilgan. Unda oddiy aksiyaning narxi 1,1 so‘m, imtiyozli aksiyaniki esa 3 so‘m etib belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid