Logo

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan beri eng past darajaga tushdi

Kecha 14:051 daqiqa

Oktyabr oyida mamlakatning xalqaro zaxiralari qariyb 3 mlrd dollarga qisqardi. Shu bilan birga, zaxiradagi oltinning fizik hajmi tarixiy rekord darajaga yetdi.

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan beri eng past darajaga tushdi © Bloomberg

2026-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning xalqaro oltin-valuta zaxiralari 63 mlrd 625 mln dollarni tashkil etib, 2026-yil boshidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Oktyabr oyi davomida mamlakatning umumiy zaxiralari 3 mlrd dollarga qisqargan. Mazkur kamayishning asosiy qismi oltin hissasiga to‘g‘ri kelib, uning qiymati 2 mlrd dollardan ko‘proqqa, zaxiralarning erkin konvertatsiya qilinadigan valuta qismi esa 921 mln dollarga qisqargan.

Oltin narxining pasayishi va hajmdagi yangi rekord

Zaxiralarning ketma-ket kamayishiga, xuddi sentabr oyidagi kabi, jahon bozorida oltin narxining arzonlashuvi asosiy omil bo‘ldi.

Oktyabr oyida jahon bozorida oltinning bir troy unsiyasi 4189 dollardan 3981 dollargacha arzonlashdi.

Umumiy qiymat pasayishiga qaramay, mamlakat zaxirasidagi oltinning fizik hajmi oy davomida 7,33 tonnaga ko‘paygan va 453,5 tonnaga yetgan. Bu O‘zbekiston tarixidagi yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, umumiy xalqaro zaxiralar tarkibida oltinning ulushi 91 foizga yetib, mazkur yo‘nalishda ham yangi maksimum qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgustda oltin sotilmagani ortidan O‘zbekistonning eksport daromadlari 3,5 barobar kamaygani haqida ma’lumot berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid