Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
Bugun 21:151 daqiqa
Uning o‘rniga Olim Davlatov tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan, Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farmonga ko‘ra, Ruslanbek Quroltoyevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.





