Saida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi
Bugun 22:231 daqiqa
Uchrashuvda mudofaa, xavfsizlik, sun’iy intellekt va iqtisodiy loyihalar muhokama qilindi.
© Saida Mirziyoyeva Telegram kanali
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 11-noyabr kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
«Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda unga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdim. Mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda strategik sherikligimizni rivojlantirish haqida fikr almashdik», - deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.





