add

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 15 kunga yopiladi

21.10.2025 | 09:3010791

UNESCOning tarixiy anjumani munosabati bilan Samarqandda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 15 kunga yopiladi

30 oktyabrdan 14 noyabrgacha Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu chora UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan joriy etilgani haqida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu kunlarda shaharga tranzit tarzda kirayotgan transport vositalari uchun maxsus aylanma yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Haydovchilarga aylanma yo‘llar xaritasi aks etgan QR kodli flayerlar tarqatiladi.

Ichki ishlar vazirligi aholi va mehmonlarga murojaat qilib, Samarqandga safalarni imkoni bo‘lsa boshqa kunlarga ko‘chirishni so‘radi. «Bu choralar xalqaro anjumanni xavfsiz va tartibli o‘tkazish uchun zarur», — deyiladi rasmiy bayonotda.

43-sessiya 1985 yildan buyon ilk marta Parijdan tashqarida o‘tkazilayotgan UNESCO anjumani hisoblanadi. Samarqanddagi tadbir «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Hukumat va mahalliy idoralar shahar infratuzilmasi hamda xavfsizlik tizimini xalqaro miqyosdagi mehmonlar uchun tayyor holatga keltirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid