Logo

Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Kecha 22:241 daqiqa

Ular 2027-yil O‘zbekiston va Ozarboyjonda o‘tkaziladigan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Bugun, 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida FIFA Prezidenti O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari hamda mamlakatda sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali islohotlar natijalarini e’tirof etgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lgan.

FIFA bilan futbolni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ilgari surish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda FIFA’ning yirik turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid