Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi
Bugun 11:231 daqiqa
Tashrif doirasida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
© president.uzPrezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlarni nima qiynayotgani haqida Mirziyoyevga so‘rovnoma natijalari ma’lum qilingandi.





