add

Sog‘liqni saqlashga 3,5 trln so‘m: yurak-qontomir, onkologiya va ona-bola salomatligi ustuvor

Bugun 13:091 daqiqa

2026-yilda sog‘liqni saqlashda infarkt, insult, onkologiya va ona-bola salomatligiga ustuvor e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishlarga 3,5 trln so‘m ajratiladi.

Sog‘liqni saqlashga 3,5 trln so‘m: yurak-qontomir, onkologiya va ona-bola salomatligi ustuvor

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda yukumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurash asosiy vazifalardan biri etib belgilandi.

Prezidentning ta’kidlashicha, infarkt, insult, onkologik va nefrologik kasalliklar aholi o‘limi va nogironligining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish uchun moliyalashtirish keskin oshiriladi.

Jami 3,5 trln so‘m mablag‘ infarkt va insultni davolash, onkologiya va nefrologiya xizmati, transplantatsiya, vaksinatsiya hamda ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar tibbiy uskunalar, dorilar va ixtisoslashgan markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Murojaatnomada tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Hozirda Angliyaning «Pearson» kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir hududda bittadan texnikumda xalqaro standartlar asosida hamshiralar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Kelgusida ushbu texnikumlarda Germaniya, Shveysariya, AQSH va Yaponiya ta’lim dasturlari joriy etiladi. Bu orqali zamonaviy bilimga ega, xorijiy tillarni biladigan va xalqaro talablarga javob beruvchi hamshiralar tayyorlanadi.

Teglar

Mavzuga oid