Logo

TBC Uzbekistan IPO o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Reuters

Kecha 21:552 daqiqa

Kompaniya qaysi fond birjasida IPO o‘tkazishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

TBC Uzbekistan IPO o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Reuters

TBC Uzbekistan alohida IPO o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Nika Kurdiani Reuters agentligiga ma’lum qildi.

Kurdianining ta’kidlashicha, kompaniya kelajakda alohida IPO o‘tkazishi mumkin. Biroq u bu masala hozircha yakuniy qaror sifatida qabul qilinmagan.

Reuters yozishicha, TBC Uzbekistan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tez rivojlanayotgan raqamli bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish hisoblanadi.

O‘zbekistonda IPOlar soni ortishi kutilmoqda

Nashrga ko‘ra, O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayoni doirasida bir qator mahalliy kompaniyalar IPO o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Reuters ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida $690 mlnlik IPO o‘tkazgan. Bu mamlakatning xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha qadamlaridan biri sifatida keltirilgan.

Shuningdek, nashr Uzum, Korzinka va Uzbekistan Airways kompaniyalari ham kelajakda IPO o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini yozgan.

IPO bo‘yicha aniq muddat aytilmagan

Kurdianining Reuters'ga bildirishicha, TBC Uzbekistan'ning alohida IPOsi bo‘yicha hozircha aniq muddat belgilanmagan.
Kompaniya qaysi fond birjasida IPO o‘tkazishi, qancha mablag‘ jalb qilishi yoki aksiyalarning qanday ulushi ochiq savdoga chiqarilishi bo‘yicha ham hozircha ma’lumot berilmagan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish jarayonlari va kapital bozorini rivojlantirish mahalliy kompaniyalarning xalqaro investorlar uchun ochiqligini oshirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid