Logo

Toshkentning 8 ta mahallasida havoni tozalash uchun sun’iy ko‘llar barpo etilmoqda

08.11.2026 | 18:201 daqiqa

Yangi suv havzalari hududlardagi mikroiqlimni yaxshilab, yoz jaziramasida salqinlik yaratishi kutilmoqda

Toshkentning 8 ta mahallasida havoni tozalash uchun sun’iy ko‘llar barpo etilmoqda © Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish va aholi uchun qulay mikroiqlim yaratish maqsadida 8 ta mahallada sun’iy ko‘llar tashkil etilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur loyiha Ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda suvli maydonlar va yashil hududlarni ko‘paytirish maqsadida sun’iy ko‘llar quyidagi manzillarda barpo etiladi:

• Chilonzor tumani — «Beshyog‘och» mahallasi;
• Sergeli tumani — «Xonobodtepa» va «Qumariq» mahallalari;
• Yunusobod tumani — «Bog‘ibo‘ston» mahallasi;
• Mirobod tumani — «Yuksalish» mahallasi;
• Shayxontohur tumani — «Ipakchilik» mahallasi;
• Uchtepa tumani — «Qo‘rg‘ontepa» mahallasi;
• Olmazor tumani — «Zamondosh» mahallasi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25-martdagi «Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–46-sonli Farmoni ijrosi doirasida hayotga tatbiq etilmoqda.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad shaharda changlanish darajasini kamaytirish hamda ekologik infratuzilmani rivojlantirishdan iborat. Sun’iy ko‘llarning tashkil etilishi shahar hududlarida suv va yashil maydonlar ulushini oshirish, mahalliy mikroiqlimni yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay va sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid