
To‘silayotgan raqobat, ta’lim sifati va biznes — O‘zbekistonda xususiy universitetlar kelajagi qanday bo‘ladi? | Ta’lim vaqti
Vaqt.uz’da yangi dastur – Ta’lim vaqti. Dastur davomida O‘zbekistondagi ta’lim tizimi tahlil qilinadi. Maktabdan to universitetgacha bo‘lgan tizimda nima to‘g‘ri ketyapti-yu, nimalar tuzatishni talab qiladi — ochiq gaplashamiz.

Dasturni mamlakatning yetakchi ta’lim mutaxassislaridan biri, professor Azamat Akbarov olib boradi. U bilan birga biz ta’limdagi yangi islohotlar, davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’limning bozor iqtisodiyotidagi roli va eng muhimi — yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda muammoli jihatlarni tahlil qilamiz.
Ta’lim vaqti’ning ilk sonida esa, xususiy universitetlar haqida suhbat bordi. Xo‘sh, hukumat bugun ularga davlat OTMlariga qaratgani kabi e’tibor qaratyaptimi? Xususiy ta’limning raqobatdoshligi kuchaymoqdami yoki aksincha? Bir necha yil avval soni keskin oshgan xususiy universitetlarning holi nima kechdi va nega bugun yangi xususiy universitetlar ochish uchun litsenziya berish to‘xtatilgan? Xususiy oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati-chi, u bugun qay ahvolda?
Dasturning ilk soni mehmonlari — «Profi» universiteti ta’sischisi Bektosh Hotamov va «Tashkent Metropoliten Univercity» ta’sischisi va rektori Bekzod Jalilov bilan ayni savollar atrofida fikrlashdik.





