Umumiy tartibli koloniyadan uy qamog‘igacha: «Credit house» ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
Ikki qurilish kompaniyasi 1766 nafar fuqaroni aldab, 450 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan. Salkam 4 oy davom etgan sudda 9 nafar sudlanuvchi bor. Sud hukmiga ko‘ra, bir nafariga jarima, qolganlarga 6,5 yildan (3 yil sinov muddati sharti bilan) 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bugun, 24-aprel kuni oson shartlarda uy olib berishni va’da qilgan «Credit house» va «In Fin Stroy Invest» kompaniyalari bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda sud zalidan VAQT.UZ muxbiri xabar berdi.
Qurilish kompaniyalari 1766 nafar fuqaroni aldab, 450 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan. Salkam 4 oy davom etgan sudda 9 nafar sudlanuvchi bor.
JIB Yakkasaroy tuman sudida sudya Bahodir Qayumov raisligida ko‘rilgan sud ishida kvartira sotish vaji bilan 1766 nafar fuqaroni aldab, salkam yarim trln so‘m pullarini o‘zlashtirgan «Credit house» va «In Fin Stroy Invest» qurilish kompaniyalarining 9 nafar vakiliga hukm chiqarildi.
Tayinlangan jazolar
Jumladan, Baxtiyor Amzayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» va «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Dmitriy Bajenov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
G‘ayrat Mirkamalov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Alisher Shamsiddinov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari bilan aybli deb topilib, BHMning 234,5 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Bahrom Hikmatullayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Shoira Rahimova Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
Robiya Galyamova Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
Klara Tolipova Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati tayinlandi.
Shartli jazo va zarar
Sud hukmiga ko‘ra, bir nafar sudlanuvchiga 234,5 BHM baravarida jarima, qolganlarga 6,5 yildan (3 yil sinov muddati sharti bilan) 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlarni undirish belgilangan.
Zarar 450 milliarddan ortiq so‘m bo‘lib, shundan 300 milliard so‘mdan ortig‘i aybdorlar tomonidan qoplangan.
Teglar






