add

1 iyundan boshlab haydovchilar uchun balli jarimalar amalga kirdi

02.06.2025 | 08:3034082

O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab haydovchilarga nisbatan balli jarimalar tizimi rasman joriy etildi. Endilikda har bir qoidabuzarlik uchun muayyan ball to‘planadi va ular orqali haydovchining huquqiy holati baholanadi.

1 iyundan boshlab haydovchilar uchun balli jarimalar amalga kirdi
Yangi tizimga ko‘ra, masalan, belgilangan tezlikni oshirish darajasiga qarab quyidagicha balllar qo‘llaniladi:
  • 20 km/h gacha — 0,5 ball
  • 21–40 km/h — 1 ball
  • 41–60 km/h — 1,5 ball
  • 61 km/soatdan yuqori — 2 ball
Har bir ball to‘g‘risida haydovchilarga SMS xabarnoma yuboriladi. Shuningdek, ballar haqidagi ma’lumotlarni E-jarimaball moduli, maxsus mobil ilovalar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bilib olish mumkin. Yangi tizim doirasida haydovchilik huquqidan mahrum qilingan fuqarolar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi ham shakllantiriladi. Bu jarayon yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va qonunbuzarliklarni oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid