add

2025 yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi

21.05.2025 | 16:0013243

2025 yilning birinchi uch oyida aholiga ajratilgan kreditlar hajmi 34,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74%ga ko‘paydi. Bu aholi daromadlari va mikrokreditlarga bo‘lgan talabning oshishi bilan izohlanmoqda.

2025 yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–mart oylarida aholiga ajratilgan kredit miqdori 34,9 trln so‘mga yetdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 74 foizga ko‘pdir. Bu ko‘rsatkich aholining daromadlari o‘sishi va ipoteka, mikroqarz hamda mikrokreditlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Mikroqarzlar kreditlarining ulushi 53,6 foizni tashkil qilib, 2,3 baravarga oshgan. Mikrokreditlar ulushi 15,6 foiz bo‘lib, 1,9 baravarga ko‘paygan. Ipoteka kreditlari esa 12,8% ulushda bo‘lib, 26,3 foizga o‘sish qayd etilgan. Avtokreditlar ulushi esa 10%ga tushib, 17,6 foizga kamaygan. Shuningdek, kredit kartalari orqali ajratilgan kreditlar 3,3 baravarga oshgan. Boshqa turdagi kreditlar ulushi 8 foiz atrofida qolgan. Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, aholiga ajratilgan kreditlarning shunday tez o‘sishi kelajakda ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2025 yil mart oyida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yil boshiga nisbatan 0,3% bandga pasayib, 23,1%ni tashkil etdi. Chakana kreditlar segmentida foiz stavkalari 1,3% bandga tushib, 23% darajasiga yetdi. Korporativ kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi esa biraz oshib, 22,7%ga ko‘tarildi.

Teglar

Mavzuga oid