Logo

«Microsoft» 60 mingga yaqin xodimga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif qildi

Bugun 08:552 daqiqa

Kompaniya xarajatlarni jilovlashga urinmoqda. Boshqa yirik kompaniyalar singari u ham sun’iy intellekt uchun ma’lumotlar markazi va chiplarni yaratishga yuzlab milliard dollar sarflamoqda. Bu xarajatlar o‘zini oqlashi yoki oqlamasligi masalasi investorlar e’tiborini tortmoqda. Joriy kalendar yili uchun kompaniyaning kapital xarajatlari 175 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan.

«Microsoft» 60 mingga yaqin xodimga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif qildi © Getty Images

26-oktabr kuni «Microsoft» texnologiya giganti xarajatlarni qoplash va cheklash, sun’iy intellektga yo‘naltirilgan ulkan investitsiyalarini moliyalashtirishga yordam berish maqsadida qariyb 60 ming xodimiga ixtiyoriy ishdan bo‘shash taklifini berayotganini ma’lum qildi.

Masala maxfiy bo‘lgani sababli ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan manbaning aytishicha, «Windows» operatsion tizimini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning sun’iy intellekt imkoniyatlari, Copilot, moliya, kadrlar bilan ishlash, Xbox hamda Windows + Devices bo‘limlarida ishlovchi xodimlari ham ushbu taklifdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, marketing, tijorat faoliyati va xavfsizlik kabi bo‘limlar bundan mustasno.

«Ushbu taklif kompaniyadan tashqarida kelajakdagi faoliyatini davom ettirish haqida o‘ylayotgan xodimlarga bu o‘tishni hozir, qo‘llab-quvvatlash asosida amalga oshirish uchun yangi imkoniyat beradi. Shuningdek, u ishtirok etuvchi tashkilotlarga o‘z ishchi kuchini o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga moslashtirishning yana bir usulini taqdim etadi», — dedi «Microsoft» kompaniyasining xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh direktori Emi Koulman.

Boshqa yirik kompaniyalar singari, «Microsoft» ham sun’iy intellekt uchun ma’lumotlar markazi va chiplarni yaratishga yuzlab milliard dollar sarflamoqda. Bu xarajatlar o‘zini oqlashi yoki oqlamasligi masalasi investorlar e’tiborini tortmoqda.

Kompaniya 28-oktabr kuni fond bozori savdolari yopilganidan keyin birinchi chorak natijalarini e’lon qilishi kutilmoqda. «Microsoft» 2026-yil kalendar yili uchun kapital xarajatlari 175 milliard dollarni tashkil etishini prognoz qilgan.

«Microsoft»ning yillik hisobotiga ko‘ra, 2026-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 223 ming to‘liq stavkada ishlovchi xodimga ega bo‘lgan.

Joriy yilda taxminan 10 foizga oshgan «Microsoft» aksiyalari 27-oktabr kuni qariyb 1 foizga ko‘tarildi. Yil boshida kompaniya AQSHdagi ishchi kuchining qariyb 7 foiziga, ya’ni taxminan 9 ming xodimga ixtiyoriy ishdan bo‘shash taklifini bergan edi.

Iyul oyida «Microsoft» Xbox o‘yinlar bo‘linmasini qayta tashkil etish va beshtagacha studiyani sotish orqali ushbu yo‘nalishga ko‘p yillar davomida kiritilgan yirik investitsiyalardan olinadigan daromadni oshirish maqsadida 4 ming 800 ta ish o‘rnini qisqartirishini e’lon qilgandi. Bu kompaniya global ishchi kuchining qariyb 2,1 foizini tashkil etadi.

«Ushbu taklif Kanada, Hindiston, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlardagi ishtirok etuvchi jamoalarda 70 daraja va undan past darajadagi xodimlar uchun amal qiladi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya bu vaqt bilan cheklangan, ixtiyoriy dastur ekani, shuningdek, avvalgi ixtiyoriy pensiyaga chiqish dasturidan olingan ma’lumotlarga asoslanganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Microsoft» asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt bir milliard odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Teglar

Mavzuga oid