Logo

O‘zbekistonda xizmatlar sohasi hajmi kvadrillion so‘mdan oshdi

Bugun 21:381 daqiqa

Xizmatlar tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich savdo sohasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda xizmatlar sohasi hajmi kvadrillion so‘mdan oshdi

2026 yilning dastlabki 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bozor xizmatlari ko‘rsatish hajmi 1 003,2 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Sohalar bo‘yicha taqsimot

Xizmatlar tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 235,3 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, yetakchi yo‘nalishlar qatoridan quyidagilar o‘rin oldi:

— Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 179,7 trillion so‘m;
— Moliyaviy xizmatlar — 163,8 trillion so‘m;
— Transport xizmatlari — 162,8 trillion so‘m.

Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar

Respublika hududlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori xizmatlar hajmi Toshkent shahrida qayd etildi — 409,4 trillion so‘m. Keyingi o‘rinlarni Samarqand viloyati (73,8 trillion so‘m) hamda Toshkent viloyati (68,3 trillion so‘m) band qildi.

Eksport va ijobiy saldo

Hisobot davrida sohaning eksport salohiyatida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Jumladan, xizmatlar eksporti 31,1 foizga oshib, 9,7 milliard AQSH dollariga yetgan. Natijada, xizmatlar tashqi savdosida 4,5 milliard dollarlik ijobiy saldo shakllangan.

Teglar

Mavzuga oid