Logo

Dinozavr skeleti 47,3 mln dollarga sotildi

Bugun 11:111 daqiqa

Uning narxi auksiondan oldin belgilangan bahosidan qariyb sakkiz baravar yuqori bo‘ldi.

Dinozavr skeleti 47,3 mln dollarga sotildi © Reuetrs

Jodi laqabli nanotirannozavr skeleti Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida 47,3 mln dollarga sotildi. Bu auksionda sotilgan eng qimmat dinozavr skeletlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sotheby’s kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Skeletni sotib olish uchun olti xaridor 12 daqiqadan ortiq vaqt davomida savdolashdi. Yakunda uning narxi auksiondan oldin belgilangan bahosidan qariyb sakkiz baravar yuqori bo‘ldi.

Jodi auksionga qo‘yilgan o‘z turiga mansub birinchi nanotirannozavr hisoblanadi. Bunga sabab, ilmiy hamjamiyat nanotirannozavrni tirannozavrning yosh bolasi emas, balki mustaqil dinozavr turi sifatida tan olgan.

Auksionda Jodidan ham qimmatroqqa faqat Gas laqabli tirannozavr skeleti sotilgan. U joriy yilning iyul oyida Sotheby’s auksionida rekord darajadagi 50,1 mln dollarga xarid qilingan. Savdolar 10 daqiqa davom etgan. Biroq uning yangi egasi kim ekani oshkor qilinmagan.

Gas sotilguniga qadar auksionda eng qimmatga baholangan dinozavr skeleti Apeks laqabli stegozavrniki edi. U 2024-yilda Sotheby’s auksionida 44,6 mln dollarga sotilgan. Uni amerikalik milliarder Ken Griffin xarid qilgan. Hozirda skelet Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyida namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 100 yillik kartina rekord narxga sotilgandi.

Teglar

Mavzuga oid