add

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavr va magistrlarga davlat grantlari tasdiqlandi

19.07.2025 | 12:0016713

Prezident farmoyishi bilan 2025/2026 va undan keyingi uch o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi. Grantlar soni bosqich va yo‘nalishlar kesimida aniq belgilab berildi.

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavr va magistrlarga davlat grantlari tasdiqlandi
18 iyul kuni Prezidentning PF–43-sonli farmoyishi bilan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha 2025/2026 va keyingi uch o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bo‘yicha 35 500 nafar abituriyent davlat granti asosida qabul qilinadi. Kelgusi yillarda bu raqam bosqichma-bosqich ko‘payib, 2028/2029 o‘quv yilida 36 761 nafarga yetkaziladi. Magistratura bosqichida esa 2025/2026 o‘quv yilida 9 922 nafar talaba davlat granti asosida tahsil oladi. Bu ko‘rsatkich ham bosqichma-bosqich oshib, 2028/2029 o‘quv yilida 10 784 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat komissiyasiga bir qator takliflarni kiritadi. Jumladan, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 1 320 ta grant, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta grant hamda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta grantning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti belgilanadi. Bu qaror ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va sohaga davlat qo‘llab-quvvatlashini oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavr va magistrlarga davlat grantlari tasdiqlandi | Vaqt.uz